Darslikdan
Assalomu alaykum! Men darslikdagi Xorazmiyning «Muxabbatnoma» asarida «Xorut» nomli farishta haqida o‘qib qoldim. Aytilishicha u erdagi ayolga oshiq bo‘lib Alloh g‘azabiga uchragan farishta ekan. Shu haqida qanday malumotlar mavjud? Javob uchun rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz keltirgan gapni bilmaymiz. Bu borada Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi : وَاتَّبَعُواْ مَا تَتْلُواْ الشَّيَاطِينُ عَلَى مُلْكِ سُلَيْمَانَ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَانُ وَلَكِنَّ الشَّيْاطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ وَمَا أُنزِلَ عَلَى الْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَارُوتَ وَمَارُوتَ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنْ أَحَدٍ حَتَّى يَقُولاَ إِنَّمَا نَحْنُ فِتْنَةٌ فَلاَ تَكْفُرْ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنْهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِ بَيْنَ الْمَرْءِ وَزَوْجِهِ وَمَا هُم بِضَآرِّينَ بِهِ مِنْ أَحَدٍ إِلاَّ بِإِذْنِ اللّهِ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمْ وَلاَ يَنفَعُهُمْ وَلَقَدْ عَلِمُواْ لَمَنِ اشْتَرَاهُ مَا لَهُ فِي الآخِرَةِ مِنْ خَلاَقٍ وَلَبِئْسَ مَا شَرَوْاْ بِهِ أَنفُسَهُمْ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ 102. Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yo‘q. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o‘rgatib, kofir bo‘ldilar. Va Bobilda ikki farishta – Horut va Morutga nozil qilingan narsaga ergashdilar. Ikkovlari toki: «Biz sinovmiz xolos, kofir bo‘lmagin», demasdan oldin hech kimga o‘rgatmas edilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsani o‘rganishar edi. Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar etkazuvchi emasdilar. Va zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o‘rganurlar. Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo‘q. Agar bilsalar, o‘zlarini sotgan narsa qanday ham yomon! Demak, yahudiylar Allohning kitobini xuddi bilmagandek, ortlariga irg‘itib yuborib, Sulaymon alayhissalomning podsholiklari haqida shaytonlar aytib yuradigan narsaga ergashib ketdilar. Ma’lumki, Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga ham payg‘ambarlik, ham podsholikni bergan edi. Shu bilan birga, u kishiga butun hayvonlarning tilini o‘rgatib, jinlarni xizmatlarida hoziru nozir qilib qo‘ygan edi. Bu ilohiy mo‘’jizalar u kishining payg‘ambar ekanliklarini tasdiqlash uchun berilgan edi. Mazkur mo‘’jizalar haqidagi oyatlar boshqa joylarda kelgan, o‘z o‘rnida alohida o‘rganiladi. Hozir ularning mavzuga aloqador tomoni shuki, Alloh Sulaymon alayhissalomga bergan mazkur mo‘’jizalarni ko‘rib, odamlardan ba’zilari iymonga keldi, iymonlilarning iymonlari mustahkamlandi. Ammo kofirlar, dushmanlar va shaytonlar «Sulaymon sehrgar, u o‘z sehrining kuchi bilan turli hayvonlar ila munosabatda bo‘lmoqda, jinlarni ishlatmoqda», degan gaplarni tarqatishdi. Bunday mish-mishni tarqatishda yahudiylar qavmi ayniqsa, jonbozlik ko‘rsatgan edi. Shunda Alloh taolo payg‘ambarlarga bergan mo‘’jizalar bilan sehrning farqini amaliy suratda ko‘rsatish uchun Bobilga Horut va Morutni yubordi. Ular xohlaganlarga sehr o‘rgatish bilan vazifalangan edilar. Ammo sehr o‘rgangani kelganlarga avval: «Biz sinovmiz xolos, kofir bo‘lmagin», demasdan oldin hech kimga o‘rgatmas edilar». Ya’ni «Biz fitna uchun, odamlarni sinash uchun yuborilganmiz. Sehrni o‘rgangan kofir bo‘ladi, sen ham uni o‘rganib, kofir bo‘lma» degan ma’noda ogohlantirishar edi. Kelgan odam bu gaplardan keyin qaytib ketsa, ketdi, ketmasa, kofir bo‘lishini bilib turib ham «O‘rganaveraman», desa, o‘rgatishar edi. Mana shuning o‘zidan payg‘ambarlik mo‘’jizasi bilan sehr o‘rtasidagi eng katta farq namoyon bo‘ladi. Payg‘ambarlik mo‘’jizasi ilohiy ne’mat bo‘lib, faqat Alloh tomonidan beriladi. Sehr esa o‘rgatuvchidan o‘rgansa bo‘ladigan, yomonlikka ishlatiladigan bir narsadir. Shunday qilib, mo‘’jiza nima-yu, sehr nima – kishilarga amalda ko‘rsatilgan ekan. Ushbu oyati karima mazkur masalani muolaja qilar ekan, «Sulaymon sehrgar bo‘lgan», degan da’voga «Sulaymon kufr keltirgani yo‘q», degan javob kelmoqda. Shundan anglashiladiki, sehr kufrga tenglashtirilmoqda. Bu ma’noni «Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o‘rgatib, kofir bo‘ldilar», degan jumla yanada ta’kidlamoqda. Bu ishlar Bobil nomli yurtda bo‘lgani ham aytilmoqda, Horut va Morut ismlari ham zikr qilinmoqda: «Va Bobilda ikki farishta – Horut va Morutga nozil qilingan narsaga ergashdilar». Horut va Morutlarning kimligi to‘g‘risida tafsirchilar turli fikrlarni aytganlar. Lekin ulamolarimiz bu fikrlarning hammasi ham ishonchli manbaga asoslanmaganligini alohida ta’kidlaganlar. Shuning uchun oyatdagi iboralar e’tiborga olinadigan bo‘lsa, bu ikki ism egalari farishta bo‘lgan», deb aytganlarning fikrlari quvvatliroq chiqqan. Alloh taolo insonlarni xohlagan usulda, xohlagan vositalar bilan sinab ko‘radi, buning hech ajablanadigan joyi yo‘q. Kofirlikni ham bo‘yniga olib, sehrni o‘rganganlar bu sehrlarini nimaga ishlatishadi? «Bas, ikkovlaridan er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsani o‘rganishar edi». Demak, ular sehrni yaxshilik uchun o‘rganmas ekanlar. Ular sehrni yomon narsaga ishlatishar ekan. Ammo: «…ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar etkazuvchi emasdilar». Ushbu jumlada dunyodagi ishlarning borishi haqidagi islomiy tasavvur o‘z aksini topgan. Ya’ni dunyoda nima ish sodir bo‘lsa, barchasi Allohning izni bilan sodir bo‘ladi. To‘g‘ri, Alloh har bir ishning yuzaga chiqishi uchun sabablarning vujudga kelishini shart qilgan. Ammo o‘sha sabablar ham Allohning izni bilan ta’sir qiladi. Ilmi kalom ulamolari bu ma’noni tushuntirish uchun olovni misol qiladilar. Olovni paxtaga tutsang, paxta kuyadi. U olovdagi kuydirish xususiyati tufayli kuyadimi yoki o‘zidagi kuyishga bo‘lgan qobiliyat tufayli kuyadimi? Chunki olovda kuymaydigan narsalar ham bor-ku. Xullasi kalom, hammasi Allohning izni bilan bo‘ladi. Agar Alloh taolo xohlasa, olovdan kuydirish xususiyatini olib qo‘yadi. U Zot kuydirishga izn bermasa, olov hech narsani kuydira olmaydi. Misol uchun, Ibrohim alayhissalomni mushriklar katta gulxanga tashlaganlarida, Alloh taoloning amri ila u olov Ibrohim payg‘ambarni kuydirmagan. Shuningdek, sehrgarlar ham sehrni qilishaveradi. Ammo Allohning izni bo‘lmasa, hech kimga zarar etkaza olmaydilar. Oyati karimadagi «Va zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o‘rganurlar» jumlasi sehrning faqat zararli narsa ekanini tasdiqlaydi. Bu esa yahudiylarning sehrni maqtab aytadigan gaplariga raddiyadir. Shu bilan birga, sehrni o‘rgangan, uni yomonlikka ishlatganlarga oxiratda hech qanday nasiba qolmaydi. «Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo‘q». Buni ularning o‘zlari ham yaxshi biladilar. Sehr to‘g‘risidagi ushbu oyati karima va boshqa unga tegishli matnlar asosida ulamolar uzoq tortishganlar. Hatto alohida kitob yozganlar ham bor. Bu tortishuvlar «Sehr nima? Uning haqiqati haqida nima deymiz? Sehrda narsalarning tabiati o‘zgaradimi yoki odamlarning ko‘ziga ko‘rinish o‘zgarib, o‘zi asl holida qoladimi?» kabi masalalar ustida bo‘lgan. Ammo sehr yomon narsa ekani, musulmon odam uchun uni o‘rganish mumkin emasligi haqida ixtilof yo‘q. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ba’zi odamlarda g‘ayrioddiy xususiyatlar bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi kunda telepatiya, magnit uyqusi, ekstrasens va boshqa xususiyatlar haqida shov-shuvlar ko‘paygan. Ammo ilmiy asosdagi aniq xulosa yo‘q. Ba’zi shaxslarda boshqa kishilarga ta’sir o‘tkazish xususiyati borligi aniq. Sehr ham ana shu narsalarga o‘xshash bir holat bo‘lishi mumkin. O‘sha xususiyat bilan ta’sir o‘tkazib, er bilan xotinni ajratib yuborish mumkindir. Lekin bunday ishlarning barchasi Allohning izni bilan bo‘lishini unutmaslik kerak. Oyati karimaning oxirida ularning qilmishlariga munosib baho beriladi. «Agar bilsalar, o‘zlarini sotgan narsa qanday ham yomon!» ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 191 | Ta’lim va muta’allim