Xitoy mahsuloti

Assalomu alaykum! Do‘konimizda elektronika maxsulotlarini sotaman. Hozirda ko‘p maxsulotlar xitoydan kelgani sababli maxsulotga  kafolat bermaymiz. Sababi sotib olgan optom do‘kon qaytarib olmasligini aytgan. Misol telefon zaryadnigini  sotishdan oldin tekshirib xaridor oldida ishlatib beraman va "maxsulot xitoyniki, kafolat bermaymiz, ma’qul kelsa oling” deb aytaman. Shundan keyin sotib olgan xaridor 3-4  kun o‘tib qaytarib olib keladi va qaytarib olishimni talab qiladi. Shunday holda shar’an qanday yo‘l tutishim kerak? Oldindan uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aybini aytib sotilgandan keyin qaytarib olish majburiyatingiz bo‘lmaydi. Imkon boricha, talabga javob beradigan narsalarni soting. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:57 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar