Kanalizatsiya suvlari yonidan namoz

Assalomu alaykum! Aholidan keladigan oqova suvlarni tozalaydigan stansiyada ishlayman, badbo‘y hidi bor. 5-6 metr nariroqda operatorlar xonasi bor, savolim shu xonada yoki ishxonam hovlisida namozimni o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Namoz o‘qilayotgan makon (oyoq osti va sajda eri) pok bo‘lishi kifoyadir. Badbo‘y hid namozni man qilmaydi. Vallohu a’lam!

12 Sentabr 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 111 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar