Sochni yonlarini oz tepasini ko‘p qilish

Assalomu alaykum! Hurmatli  ustozlar, Sochni yonlaridan teppasiga nisbatan ko‘proq kaltalatish mumkinmi? Ya’ni yonlari kalta teppasi uzunroq.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda kokil sifatida soch qo‘yishdan qaytarilgan. * Qaza’ – sochning bir qismini oldirib, bir qismini qoldirish. Bu asosan bolalarda qilingan. Bu ish g‘ayridinlarning odati bo‘lgani va xilqatni o‘zgartirishga o‘xshagani uchun undan qaytarilgan. حَدَّثَنِي مُحَمَّدٌ قَالَ: أَخْبَرَنِي مَخْلَدٌ قَالَ: أَخْبَرَنِي ابْنُ جُرَيْجٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي عُبَيْدُ اللهِ بْنُ حَفْصٍ: أَنَّ عُمَرَ بْنَ نَافِعٍ أَخْبَرَهُ، عَنْ نَافِعٍ مَوْلَى عَبْدِ اللهِ أَنَّهُ سَمِعَ ابْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَنْهَى عَنِ الْقَزَعِ. قَالَ عُبَيْدُ اللهِ: قُلْتُ: وَمَا الْقَزَعُ؟ فَأَشَارَ لَنَا عُبَيْدُ اللهِ قَالَ: إِذَا حَلَقَ الصَّبِيَّ وَتَرَكَ هَا هُنَا شَعَرَةً وَهَا هُنَا وَهَا هُنَا. فَأَشَارَ لَنَا عُبَيْدُ اللهِ إِلَى نَاصِيَتِهِ وَجَانِبَيْ رَأْسِهِ. قِيلَ لِعُبَيْدِ اللهِ: فَالْجَارِيَةُ وَالْغُلَامُ؟ قَالَ: لَا أَدْرِي هَكَذَا قَالَ الصَّبِيِّ. قَالَ عُبَيْدُ اللهِ: وَعَاوَدْتُهُ، فَقَالَ: أَمَّا الْقُصَّةُ وَالْقَفَا لِلْغُلَامِ فَلَا بَأْسَ بِهِمَا، وَلَكِنَّ الْقَزَعَ أَنْ يُتْرَكَ بِنَاصِيَتِهِ شَعَرٌ، وَلَيْسَ فِي رَأْسِهِ غَيْرُهُ، وَكَذَلِكَ شَقُّ رَأْسِهِ هَذَا وَهَذَا Menga Muhammad so‘zlab berdi: «Menga Muxallad xabar qildi: «Menga Ibn Jurayj xabar qildi: «Ubaydulloh ibn Hafs menga xabar qildiki, Umar ibn Nofe’ unga Abdullohning mavlosi Nofe’dan rivoyat qilib xabar qilishicha, u Ibn Umar roziyallohu anhumoning «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qaza’dan qaytarganlarini eshitdim», deyayotganini eshitgan ekan.Ubaydulloh dedi: «Qaza’ nima?» degan edim – Ubaydulloh bizga ishora bilan ko‘rsatdi. – «Bolaning sochini oldirib, mana bu erida, mana bu erida va mana bu erida qoldirsa...» dedi». Ubaydulloh shunday deb, peshonasiga va boshining ikki tarafiga ishora qildi. Ubaydullohga: «Qiz bolaga ham, o‘g‘il bolaga hammi?» deyishdi. U shunday dedi: «Bilmayman, (Umar ibn Nofe’) shunday, ya’ni «bolaning…» deb aytgan. Undan qayta so‘ragan edim, «Ammo o‘g‘il bolaga haydarkokil va ensa sochining zarari yo‘q. Lekin «qaza’» – boshida peshona sochidan boshqasini qoldirmaslikdir. Shuningdeq boshining u er bu erini ochib qo‘yish ham», dedi».حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ الْمُثَنَّى بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ دِينَارٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم نَهَى عَنِ الْقَزَعِ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaza’dan qaytarganlar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:57 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar