Pullik videodarslar

Assalomu alaykum! Telegram ijtimoiy tarmog‘ida bir qancha mashhur, lekin judayam foydali pullik darsliklar bor, 5-6tadan ko‘p, har biri kamida 2 haftalik darslar, o‘shalarni hammasini bir qilib sotishyapti, u sotayotgan odam tijorat qilyaptimi yoki boshqa ish qilyaptimi undan xabarim yo‘q, o‘sha darslarni hammasini narxi $1000 dan oshadi, bir guruh odamlar hammasi oz miqdordan pul yig‘ishib o‘sha darslarni hammasini sotib olishmoqchi, ko‘p odam sotib olsa narxi arzonroqqa tusharkan, hamma pul yig‘ib 1kishiga berishadi, keyin o‘sha odam darslarni sotib olib, pul qo‘shgan hammaga tashlab berishadi, shu ish to‘g‘rimi, harom bo‘lmaydimi darslar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Ko‘pchilik birgalikda sotib oladigan bo‘lsangizlar o‘sha videodarslar sherikchilik mulkiga aylanadi. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 102 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar