Kelishuv amalga oshmay qolgan holatda kelishuvdagi pulni olish halolmi?

Assalomu alaykum! Biz 3 kishi 1 xonadonni ijara maqsadida olib birgalikda turishni kelishib(ijara pulini 3 kishiga taqsimlab to‘lash kelishuvi bilan) hammamizni roziligimiz bilan bir xonadonni ijaraga oldik. Men va ikkinchi o‘rtog‘im uyga ko‘chib o‘tdik va uchinchi o‘rtog‘imiz boshqa viloyatda bo‘lganligi sababli bizdan o‘zi uchun ham to‘lab turishini, keyinroq kelganida bizga u to‘lashi kerak bo‘lgan pulni berishini aytganidan so‘ng ijara pulini tanishlarimizdan qarzga olib to‘liq miqdorda to‘ladik. Lekin oradan 10-15 kun o‘tkandan keyin kelib 2 kungina yashadi va oradan ozroq vaqt o‘tib biz bilan bu honadanda turmasligini aytdi. Biz kelishkanimizdek faqatgina birinchi oy uchun to‘liq miqdordagi pulni uchdan birini(u uchun bergan pulimizni) berishini so‘radik. Lekin mana 3 oydan ortiq vaqt o‘tsa ham, biz pulni tanishlarimizdan qarzga olib u uchun berganligimiz sababli ko‘p marotaba so‘rasashimizga qaramay turli xil sabablar bilan bizga pulni bergani yo‘q. Hozirda u xonadon 2 kishi uchun qimmatlik qilganligi sababli boshqa bir arzonroq xonadonga ko‘chib o‘tganmiz. Men uni puli bo‘lsa ham atigi 2 kun yashagani uchun bizga pulni bergisi kelmayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Lekin agar u biz bilan ijarada yashayman deb kelishmaganida biz boshqa arzonroq joyda yashagan bo‘lar edik. Bizni undan so‘rayotgan pulimiz halolmi? Bu ishning hukmi qanday bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar