Iymon halovati
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda menga nima bo‘layotganligiga tushunmayapman, bir nima etishmayotgandek, oldinlari umuman boshqacha edi Alloh taoloni ko‘rib turgandek ibodat qilardim, biror xavfdan oldin qandaydir ishora bo‘lardi, buni juda yahshi bilardim, juda ham boshqacha davrlar edi, oldinlari taqvoni qattiq ushlagandim, hozir esa menga nima bo‘ldi tushunmayapman, halovatni sezmayapmanmi, taqvo ham qilmayapman, ibodatni qilaverayapman, lekin Allohdan sekin astalik bilan uzoqlashib borayapman. Hidayatdan ayrildimmikun, bilmadim. Alloh taoloni ham dunyoviy ham diniy isbotini topdim, shunda ham menda hech qanday emotsiya yo‘q. Menga bir yo‘l ko‘rsating, shu sabab Allohga yana yaqin bo‘lsam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ham solik bosib o‘tadigan bir marhaladir. Bunda inson amallarni qaysi niyatda qilayotganini o‘ziga bildirib qo‘yilishi uchun sinaladi. Xolis Alloh uchun qilmoqdami yoki undan boshqa uchun qilmoqdami (garchi iymon halovatini topish uchun bo‘lsa ham) ayon bo‘ladi. Vallohu a’lam!
23 Sentabr 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 132 | Ruhiy tarbiya