To‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Mening birinchi turmushim sobiq erimning sog‘ligi yaxshi emasligi (impotentsiya) tufayli buzilgan. Xozirda ikkinchi marta turmushga chiqmoqchi bo‘lgan edim, bo‘lajak kuyovdan shifokor ko‘rigidan o‘tishni iltimos qildik. Ammo uning analizlari yaxshi chiqmadi. Ya’ni infektsion kasalligi va %i 0 ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biz to‘yni to‘xtatishga qaror qildik. Savolim shuki, biz kuyovlikka nomzodni tekshirtirib va to‘yni qaytarib to‘g‘ri yo‘l tutayapmizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilayapsizlar.
Majlis uylanishdan oldin ikki nikohlanishni istovchilardan birida yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastalikni aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish masalasini ko‘rib chiqdi. Bu borada tayyorlangan ilmiy tadqiqotni atroflicha o‘rganib chiqqandan keyin maj-lis quyidagilarga qaror qildi:
1. Uylanishdan oldin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastalikni aniqlashda foydalari bor. Bu sababli uylanishdan saqlanish mumkin. Shu bilan birga, bu ishning ayb va salbiy tarafla-ri ham bor. Xususan, birovning aybini ochish, unga ma’naviy zarar etkazish va kelajagini xavf ostida qoldirish kabilar.
2. Tibbiy ko‘rikni man’ qiluvchi narsa shariatda yo‘q. Jumladan, irsiy ko‘rikning ham. Faqat, aybni oshkor qilmaslik kerak va davolanishga yo‘l topish lozim.
3. Agar nikohni istovchi taraflardan biri uylanishdan oldin tibbiy ko‘rikni shart qilsa, mone’lik yo‘q.
4. Agar ikki taraf uylanishdan oldin kelishgan holda tibbiy ko‘rikdan (irsiydan boshqa) o‘tishni istasalar, mone’lik. Faqat, satr bo‘yicha Islom odoblariga amal qilish va boshqa tarafga zarar ekazmaslik shart.
5. Ikki tarafga ham uylanishdan oldin o‘zidagi yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastalikni yashirish joiz emas. Agar yashirsa va bu ish ikkinchi tarafning xasta bo‘lishi yoki o‘limiga sabab bo‘lsa, sababchi taraf shariat hukmi bo‘yicha barcha jazo va to‘lovlarni o‘tashi majburiy bo‘ladi.
6. Agar nikohdan keyin ikki tarafdan biri ikkinchisining yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastaligi borligini bilib qolsa, nikohni buzishga haqqi bor».
FATVO VA ILMIY BAHSLAR BO‘YIChA EVROPA MAJLISI TARKIBI
Shayx doktor Yusuf Qarazoviy – rais (Qatar).
Shayx qozi Faysal Mavlaviy – rais noibi (Livan).
Shayx Husayn Muhammad Halova – bosh kotib (Irlandiya).
Turli davlatlardan yigirma to‘rtta a’zo mavjud. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 120 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar