Azon vaqti masalasida ixtilof

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men Maskvada zavodda ishlayman, oldin ham bu erda paydo bo‘lgan muammolar haqida ko‘p savol berdim va bergan javoblaringiz menga juda foyda beryapti, buning uchun sizlarga katta rahmat ! Endi ruxsatingiz bilan navbatdagi savolni ya’ni bu erdagi namozxonlar bilan o‘rtamizda ixtilofga sabab bo‘layotgan masalani sizlarga yo‘llasam. Ularning ba’zilari azonni namoz vaqti kirmasdan 10-15 daqiqa oldin aytish kerak deb shunday qilishadi. Bu erdagi tojiklar hammasi azonni ham farzdan oldingi sunnatni ham namoz vaqtidan oldin ado etish kerak deyishadi va ko‘pincha shunday qilishadi. O‘zbeklar ham aksari O‘zbekistondaligimizda masjidlarda azonni namoz vaqti kirmasdan 10-15 daqiqa avval chaqiradi va jamoat to‘plangach namoz vaqti kirsa sunnat va farz o‘qiladi deyiahadi. Men esa unday emas, Azonni namoz vaqti kirgandagina chaqiriladi va jamoat to‘planguncha bir oz kutiladi deyman. Ba’zilardan tashqari deyarli hamma gapimga ishonmaydi. Endi men ular bilan birgalikda o‘qishga ham hayronman. Sunnatniku namoz vaqti kirgandagina o‘qiyman, majbur kutishadi lekin azonni chaqirib bo‘lishgan bo‘lishadi. Sizlardan iltimos dalillar keltirib ularga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatinglar, va lekin shunda ham bu internetta yozaveradi deb ishonishmasa meni nima qilishimni maslahat beringlar ! Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Barcha fiqhiy kitoblarimizda namoz vaqti kirishdan oldin azon aytib qo‘yilsa u azonni qayta aytiladi deyilgan. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi:Agar azon vaqtidan oldin aytilgan bo‘lsa, qayta aytiladi.Namozning vaqti kirmay turib azon aytish haromdir, chunki azon vaqt kirganini bildirish uchun aytiladi. Vaqtidan oldin aytilgan azon esa aldamchilik va jaholatdir. Shuning uchun azon vaqtidan oldin aytilsa, vaqt kirgandan keyin qaytadan aytiladi. Bundan O‘zbekistondagi kabi soat 13:00da aytilish kerak degan narsani tushinib olmaslik kerak. Chunki bu jamoatni bir xilda vaqtda o‘qishga o‘rgatish, ishxonadagi va boshqalar ulgurishi uchun joriy qilingan. Aslida qish kunlarida peshinning vaqti 12:30da kiradi. Peshinning vaqti kirish bilan azon aytish joiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar