Qon va namoz

Assalomu alaykum! Xuftonga yaqin chap oyog‘imni shisha shilib qonatdi. Qon shilingan erda bor ammo oqmaydigan darajagacha keldi. Men o‘sha joyni yuvib, bog‘ich bilan bog‘lab, tahoratda o‘sha joyga mash tortdim. Shunday qilmasam, sajdalar o‘rtasida o‘tirganimda va qa’dada o‘sha to‘lib turgan, lekin oqmayotgan qon joynamozga tegib, uni najosatli qilib qo‘yishi hamda tahoratim yana sinishi mumkin edi. Namoz vaqti chiqquncha kutardim, lekin xufton edi-da, Bomdodgacha kutib o‘tirolmasdim. O‘sha kunning Xuftoni va Vitrini qaytadan o‘qib olaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qon chiqib oqmagan bo‘lsa tahoratingiz ham u bilan o‘qigan namozingiz ham durust. Vallohu a’lam!

24 Sentabr 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 116 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar