Dam soluvchi domlani ishlari
Assalomu alaykum! Yangamlar farzandlarini mullaga olib borib dam soldirganlar va shundan keyin ularga kichkina qog‘ozga bir nimalar yozilgan. Qo‘lda yozilgan arabcha yozuv tushunmayman rosti. Kalimami yo boshqa narsa bilmayman. Shuni isiriqqa ustiga qo‘yib farzandingga tutat debtilar. Yana boshqa bir safar matoni 3 burchak qilib tikilgan. Ilgagi bor osib qo‘y deganlar buni. Yani ko‘z tegmaydi deb magazinlarda sotadiganga o‘xshagan narsa. Buni taqilmaydi deb ichini ochib ko‘rsam uniyam ichida qo‘lda yozilgan arabcha yozuvlar bor edi. Man bizni dinda bunaqa narsalarga ishonilmaydi deb bilardim. Shu ikkisiniyam to‘g‘ri noto‘g‘riligini tushuntirib beringlar. Bu mulla masjidimizda imom xatibilar ham adashmasam. Xato ish qilayotgan bo‘lsalar nima ish qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha imomning o‘ziga borib nima maqsadda berganini so‘rang. Haqiqatda shunday qilgan bo‘lsa asoslab bersin. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar