Ayolimni avvalgi nikohidagi farzandlari
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilib oxiratda soyabon qilsin. Savolim shundan iborat men oilam buzilib 3 farzandli ya’ni 2 qiz bir o‘g‘li bor oilasi buzilgan ayolga uylanganman. Men ayolimni qonuniy nikoq qilib ayolimni farzandlarini nomimga o‘tkazib masalan falonchi qizi yoki o‘g‘li deb xujjatlashtirsam va meni farzandlarim deb da’vo qilsam xato qilmaymanmi? Nasl nasab xaqida savol javoblar o‘qib o‘zimdagi xolatga biroz tushunmay qoldim. Hozirda bu bolalar meni o‘z otasidek ko‘radi men xam farzandim deb qabul qilganman, lekin asrandi bolalar o‘gay ota uchun o‘gay ota asrandi bola uchun xaqiqiy ota hisoblanmaydi. O‘gay otani otam desa gunox deb o‘qib qoldim. Sizlardan iltimos nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? Bunday xolat faqat menda emasdir. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xotinni etalab kelgan bolalari er uchun rabiyb va rabiybalar deyiladi. Ular onasining erini ota deyishlari mumkin, er ham ularni farzandim deyishi mumkin, lekin pushtikamarimdan farzandim deb da’vo qilishi, ular vafot topsa merosini olishi yoki o‘zi vafot topsa merosini ularga taqsim qilib berishi joiz emas. Chunki ular nasab jihatidan onasining eriga begona hisoblanishadi.
Shariatimizda tabanniy ya’ni birovni bolasini o‘z pushtikamarimdan bo‘lgan bolam yoki tutingan bolam deb tarbiyasiga olish joiz emas. Albatta yordamlashish ma’nosida qaramog‘iga olib tarbiya qilish joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkisini ham qilgan edilar. Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni o‘g‘il qilib tutingan edilar, Aliy roziyallohu anhuni ko‘p farzandli oila bo‘lganlari uchun o‘z tarbiyalariga olganlar. Alloh taolo Qur’oni karimda Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni asrandi o‘g‘il qilib olishlarini bekor qildi. Aliy roziyallohu anhuni bekor qilmadi. Hozirda farzand boqib olayotganlar hammaga “o‘z pushtikamarimdan bo‘lgan bolam” deb tanishtiradi, bolani o‘ziga ham ota-onasi kimligini aytishmaydi. Bu esa gunoh hisoblanadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam َعَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي خُطْبَتِهِ عَامَ حَجَّةِ الْوَدَاعِ: إِنَّ اللهَ قَدْ أَعْطَى لِكُلِّ ذِي حَقٍّ حَقَّهُ، فَلَا وَصِيَّةَ لِوَارِثٍ، الْوَلَدُ لِلْفِرَاشِ، وَلِلْعَاهِرِ الْحَجَرُ وَحِسَابُهُمْ عَلَى اللهِ، وَمَنِ ادَّعَى إِلَى غَيْرِ أَبِيهِ أَوِ انْتَمَى إِلَى غَيْرِ مَوَالِيهِ فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ التَّابِعَةُ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، لَا تُنْفِقُ امْرَأَةٌ مِنْ بَيْتِ زَوْجِهَا إِلَّا بِإِذْنِهِ، قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، وَلَا الطَّعَامَ؟ قَالَ: ذَلِكَ أَفْضَلُ أَمْوَالِنَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَاحِبَاهُ Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining vidolashuv hajidagi xutbalarida:
«Albatta, Alloh har bir haq egasiga haqqini berdi. Vorisga vasiyat qilish yo‘q. Bolaga to‘shakka qarab nisbat beriladi. Zinokorga tosh. Hisoblari esa Allohga havola. Kim otasidan boshqaning (nasabini) da’vo qilsa yoki o‘z mavlolaridan boshqaga mansub deb bilsa, unga qiyomatgacha Allohning uzilmas la’nati bo‘lgay. Xotin erining uyidan uning iznisiz nafaqa qilmas», deyayotganlarini eshitdim.
«Ey Allohning Rasuli, taomni hammi?» deyildi.
«U eng afzal molimiz-ku», dedilar u zot».
Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilganlar.
Sharh: Qasddan birovning nasabiga qo‘shilish Islomda qattiq qoralanadi. Bu o‘zidan bo‘lmagan bolani «Meniki» deyish o‘zining otasi bo‘lmagan odamni «Mening otam», begona qabilani «Mening qabilam» deyish bilan barobardir.
Chunki bu hollarda ko‘pgina noshar’iy ishlar sodir bo‘ladi, haq-huquqlar poymol etiladi. Begona odam yolg‘on da’vo bilan mahram holiga kirib olishi, mo‘mina-muslimalar bilan noshar’iy holatlarda bo‘lishi, meros olishi va boshqalarning merosdagi nasibalarini buzib yuborishi mumkin.
Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisda unday odamga Alloh taoloning la’nati uzilmay etib turishini ta’kidlab aytmoqdalar. Qiyomatda esa qilganiga yarasha jazosini oladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush