Qanday qilib qaytaraman?
Assalomu alaykum! Man yoshligimda bo‘gan narsalani ko‘p eslomasam ham negadir qilgan gunohlarimi xammasini esliman boxchaga bormasimdan oldin man marojni eyish uchun adami ukalarini pulidan pul o‘g‘irlaganman shuni aniq esliman hali maktabga chiqmagandim taxminan 4 yoki 5 yoshlarimda chunki maktabga 5 yoshimdan borganman o‘sha o‘g‘irlagan pullarimni nech pulligini bilmiman eslomayapman shulani qanaqib qaytarsam bo‘ladi yoki kafforot uchun nimajir qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish balog‘at yoshiga etishingizdan oldin bo‘lgani tufayli gunoh yozilmagan. Ammo zimmangizda o‘sha siz o‘g‘irlik qilgan insonning haqqi qolib ketgan. Hozirda o‘sha insonni qidirib topib, roziligini olishingiz shart. Vallohu a’lam!
1 Oktabr 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 105 | Halol va harom