Diniy matnlarda iqtibos keltirish
Assalomu aleykum, ustozlar. Dinimizga tegishli mavzularda ko‘plab maqola, kitob va ijtimoiy tarmoqlarda matnlar chiqaetganidan Yaratganga cheksiz shukurlar bo‘lsin. Parvardigor islom.uz portali hodimlariga jamiyatimizning diniy ma’rifatini oshishiga katta mas’uliyat yuklab qo‘yganligi portalning o‘quvchilari va muxlislari sonidan, undagi turli-tuman mavzularning ko‘pligi va yuqori sifatliligi dalildir. So‘nggi vaqtlarda, qator diniy mavzudagi maqolalarda mualliflarning aniq fan, ijtimoiy-gummanitar fan olimlari, mashhur insonlarining fikrlariga iqtibos (ssыlka rus.) keltirishayotganiga guvoh bo‘lyapman. Bu albatta o‘z-o‘zidan yaxshi holat. Biroq ko‘pincha muallif iqtibosni o‘sha olimni ilmiy ishini eki faoliyatini o‘rganib, uni yoritayotgan mavzusi uchun muhimligi uchun emas, shunchaki «dunyoviy olimning» eki mashhur insonning fikrini iqtibos qilish rasm bulgani uchungina keltirgandek bo‘ladi. Natijada iqtibos ilmiy tamoilarga tayanmasdan (qaysi manbadan olingan, qachon nashr qilingan) matnga tushadi. Diniy mavzudagi iqtiboslar juda chiroyli – qaysi oyat, qachon nozil bo‘lgan, nima uchun nozil bulgan, hadis bo‘lsa qanaqa hadis, roviysi kim, kimlar rivoyat qilgan - hammasi aytib utiladi. Mashaallah. Bu tamoil hali zamonaviy G‘arb fani iqtibos keltirish u yoqda tursin o‘z tadqiqot doirasini anglamagan 8-9 asrlarda shakllangani aql egalarini hayratga soladi. Biroq diniy bulmagan iqtiboslarimiz «Eynshteynning aytishicha, Kustoning guvohlik berishicha, Lev Tolstoyning yozishicha, psixologlar aytganki…» - ko‘rinishida qolib ketyabti. Birinchidan bu juda noto‘g‘ri, olimlarimizning mehnatlarini sifatsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘lib qoladi. Ikkinchidan fitnalarga sabab buladi. Chunki manbasi tekshirilmagan bitta dalil matnga tushib qolsa butun matn ziyon ko‘radi. Elg‘on gap haq gapni xam bulg‘aydi. «Dunyoviy olim» gapining zaifligi bir kun kelib, diniy matnga ham putur etkazadi, go‘eki matndagi xamma gaplar ham zaif bo‘lib qolgandek bo‘ladi. Ijtimoiy gumanitar eki aniq fanlarning vakillari din vakillarini ustidan kulishlariga sabab bo‘lib, bunda dinimiz ziyon ko‘rishi mumkin. O‘shanga silardan iltimos, diniy mavzudagi maqola va kitoblarni chop etish borasida qanaqadir tamoillarini ishlab chiqilishini tashabbusini qilsalaring. Va ayniqsa dalil va iqtibos keltirish borasida zarurat bulmasa ortiqcha iqtiboslarni keltirishni rasm qilmaslikka, iqtibos keltirilsa manbasi o‘rganilib, mantiqiy zaruratdan kelib chiqib qatiy ilmiy tamoillarga amal qilib keltirish zarurligini tushuntirsalaring. Shunda olim va din faollarimizning ishlari yanada kuchliroq, Alloxning roziligi uchun ilmu ma’rifatga xizmat qiladigan bo‘lsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rinli mulohaza bo‘libdi. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2022, 20:38 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rinli mulohaza bo‘libdi. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2022, 20:38 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar