G‘uslni vojib qilmaydimi

Assalomu alaykum! Erkaklardagi prostata bezining shamollashini(prostatitni) davolashda doktorlarimiz orqa tarafdan barmoq orqali uqalash kerakligini ta’kidlashmoqda. Dardga shifo topish maqsadida shunday davolansa gunoh emasmi va shu davolashda oz mikdorda maziy yoki maniyni chiqishi g‘uslni vojib qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maziy chiqsa g‘usl vojib emas. Maniy chiqqanida shahvat topilsa g‘usl vojib. Vallohu a’lam! Quyidagi linklarda berilgan maqolani o‘qing: https://savollar.islom.uz/s/27549https://savollar.islom.uz/s/125104 

11 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 145 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar