Ijtimoiy tarmoq guruhlaridagi ayol adminlar

Assalomu alaykum! 1. Xozirgi kunda Islomiy guruhlar ko‘p odam soni minglab ikki minglab guruhlar bor bu guruhlarda erkak va ayollar ilm olishadi. Shu guruhda erkak va ayol adminlar xam bor xar kimni qalbi xar xil ora orada dunyoviy gap xam bo‘lib turadi. Bazida ayol adminlar bir birlari bilan xol axvol sorashadi yozma ravishta. Savolimni mazmuni shuki. Shu guruhlarda ayol adminlar bolishi to‘g‘rimi bu erkaklarni ichida ajralib turish xisoblanmaydimi! 2. Ayol adminlar guruhga dunyoviy so‘zlar yozmasdan xech qanday gap yozmasdan test baza botlarni ishga tushirib turishi joizmi.( Guruhga test tashlash uchun).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ularning borligining o‘zi man qilinmagan. Noshar’iy suhbatlar qurishi man qilingan.2). Joiz. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 93 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar