Uy oldila moshina qo‘yish

Assalomu alaykum! Uyim bank yonida joylashgan, ko‘chamizda moshina qo‘yish mumkin emas, taqiqlovchi belgi bor. Bank xodimlaridan bittasi moshinasini bizni uyni oldiga qirgizib qo‘yadi, YPX xodimlari shtraf qilmasligi uchun. Moshinasini yoshigga juda yaqin qo‘ygani uchun eshikni ochishga qiynalamiz. Tushuntirib aytganman, bamalol qo‘yavering lekin iloji bo‘lsa eshigimiz ochiladigan qilib qo‘ysangiz deb. Lekin foydasi bo‘lmadi bazibir qo‘yaveradi. Eshikni ochib uyga kirishda qiynalamiz, bugun juda yaqin qo‘ygani uchun moshinasini bamperi zarar edi, men endi uni to‘lab beramanmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etkazgan zararingizni qoplab berasiz. Uyingizga kirib-chiqishingizga halaqit berayotganligi uning mulkiga zarar etkazishingizni muboh qilmaydi. Bu ish beixtiyor sodir bo‘lganligi ham sizni javobgarlikdan ozod qilmaydi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 21:58 | Savol-javoblar | 111 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar