Rozilik va Pushaymonlik
Assalomu alaykum.Hazrat yana bir savol bilan vaqtingizni olyabman.Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: "Taqdirimda biron narsaning mana bu bo‘lmasaydi, yoki mana bu bo‘lsaydi, deb aytganimdan ko‘ra ichimga bir cho‘g‘ tushib ketgani va u nimani kuydirsa kuydirib, nimani qoldirsa qoldirgani yaxshiroqdir", deganlari haqida o‘qigandim.Shuning uchun har bir ishdan bir hikmat qidirishga harakat qilaman. Taqdirda bo‘lgan narsalarga doim rozi bo‘lib kelganman. Biror ishda xato qilsam, buni ham o‘zim uchun biror hikmati bordur, deb pushaymon bo‘lmayman.Lekin namozdan keyin Istig‘for aytayotib, gunohlarim, ayblarim uchun chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishga harakat qilaman.Yaqinda chin ko‘ngildan gunohlarim uchun tavba qilmoqchi edim. Tavba qilgan musulmon qalbi poklanadi, iymon halovatini his qiladi. Lekin men haqiqiy tavbaga erisholmadim. Xatolarim uchun haqiqiy ma’noda pushaymon bo‘la olmadim. Chunki, taqdirdan rozi bo‘lish menga xislat bo‘lib qolgan ekan. Tavba qilganda pushaymon bo‘lish hissi paydo bo‘lmadi. Qaerdadir xato qildim, nimagadir aqlim etmayabdi. Taqdirga rozilik bilan gunohlarga pushaymonlikni aralashtirib yuborganga o‘xshayman.Savolim: xatolarimga pushaymon bo‘lib, haqiqiy tavbaga qanday erishsam bo‘ladi?Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganing. Doimo imkoni boricha, astag‘firullohni aytib yuring.
2 May 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 168 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganing. Doimo imkoni boricha, astag‘firullohni aytib yuring.
2 May 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 168 | Islam