Qarzni qanday qaytaradi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, birovning birovda qarzi qolgan bo‘lsa qiyomatda savobidan beradi deb eshitgandim. Agar musulmon odam nasroniy odamdan qarz bo‘lsa qiyomatda uni hukmi nima bo‘ladi? Axir unga savobidan berilgani bilan unda eng muhim bo‘lgan asosiy iymon yo‘qku? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunisi alam qiladida... Baribir savobidan nasroniy bo‘lgan odamga olib beriladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 160 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar