Uyimdan turib imomga iqtido qilish

Assalomu alaykum! Masjidda ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatilganidan beri uyimizda imomning xar bir namozdagi ovozi aniq eshitilib turadi. Uydan masjidga borgunimcha kech qolishim aniq vaqtda o‘z xonamda turib imomga iqtido qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bo‘lmaydi. Imom bilan muqtadiyning orasi kichik bir mashina sig‘adigan darajada ochiq bo‘lsa iqtidosi durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar