Baxshilikmasmi?
Assalomu alaykum! Men talabama studentman universitetga kirguncha xotiram, tafakkurim, farosatim, eslab qolish qobilyatim yaxshi edi. Unversitetga kirib qilgan gunohlarimni o‘zim bilamanda balki shundandir xotiram susayib ketdi. SHularni qayta tiklash uchun Allohga qandaydir amal qilishim lozim deb bir eshonni(qandaydir ilimli inson bo‘lsa kerak oldiga navbat juda ko‘p edi) oldiga bordim. U oldida qandaydir arabcha yozilgan kitob va raqamlar bor edi, mendan nima darding bor demadi hamda tug‘ilgan yilim va ismimni so‘radida oq xo‘rozni so‘yib qirq qoshiq moyga qovurasan qonini cho‘qqa qizdirib uyding oldilariga sepasan yana nimalardir qilasan dedi esdan chiqarib qo‘ydim. Qayta so‘rashga xijolat bo‘lib shu yog‘ini qildimda Allohadan qalban so‘radim. Shu qilgan ishim durust bo‘ldimi? Hech narsa ham so‘ramadiyu oldiga 10 ming so‘m qo‘ygandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi ishlar dinimizda harom qilingan. Unday joylarga qayta qadam bosmang. Qilgan ishingiz uchun tavba va istig‘for ayting. Vallohu a’lam!
7 Oktabr 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 214 | Turli savollar