ZAIF XADISLARning sanadi va boshka xadis soxasida savollar

1-SAVOL: Ba’zi saytlarda mavzu’ xadislardan namunalar keltirilgan ekan. Usha erda ulamolarimiz kup rivoyat kiladigan xadislarni xam ukib koldim. Mazkur kuyidagi xadislar xakikatdan xam barcha muxaddislar nazdida tukimami?"Agar Seni yaratmasam, butun koinotlarni (borlikni)xam yaratmasdim! "Bu xadis mavzu’- tukima. Shavkoniy "al-favaidul majmua fil axadiysil mavzua" kitobi (326-saxifa)da: "Sogoniy bu xadisni mavzu’ degan" deydi.Alboniy mavzu’ degan. ("as-silsilatuz zaiyfa", 282)Yukoridagi tukima xadis ma’nosida kelgan bir necha asli yuk va tukima xadislar bor, ularning birini Xokim isnodi saxix degan. Birok bir jamoa ulamolar Xokimning bu suzini ta’kib kilib, u xadisning botilligini isbot kilishgan.“Ummatim ixtilofi raxmatdir”...bu xadis saxix emas, balki u botil va uning asli yukdir. Alloma Subkiy aytdi: “Men bunga na saxix, na zaif va na mavzu’ sanad topdim”. Men aytaman (Alboniy suzlari): U fakatgina mana shunday lafz bilan rivoyat kilinadi: “Asxoblarim ixtilofi raxmatdir” xamda “saxobalarim yulduzlar kabi, kaysi biriga ergashsangizlar, xidoyat topasizlar”. Ularning ikkalasi xam saxix emas: biri juda zaif, ikkinchisi mavzu’. Men buni “Silsilatil-axodisiz-zaifa val-mavzu’ax”da taxkik kildim (#58, 59, 61). Ikkinchidan, bu xadis zaifligi bilan birga Kur’oni Karimga muxolifdir. Albatta u (Kur’on)dagi – dinda ixtilofdan kaytarish xakida va ittifokka buyurish xakida - kelgan oyatlar ularni zikr kilishga xojatsiz ravishda mashxurdir. Lekin ularni misol uchun keltirishimizga ziyon yuk. Allox Taolo aytdi: “Bir-birlaringiz bilan tortishmanglar, ruxlaringiz tushib kuchlaringiz ketadi” (Anfol-46).“Dinlarini bulib tashlab firkalarga bulinib ketgan mushriklar kabi bulmangiz. Xar bir xizb uzidagi narsasi bilan kuvonib turadi” (Rum-31-32).“Ular ixtilof kilishdan tuxtamaydi, fakatgina Robbing raxm kilganlar (unday emas)” (Xud-118-119).Agar ixtilof kilmaslik Robbingning raxmati bulsa, fakatgina botil axli ixtilof kiladigan bulsa, unda kanday kilib ixtilof raxmat bulishi aklga sigadi? Bu xadisning sanadi xam, matni xam saxix emasligi sobit buldi . Vaxolanki, ochik–ravshan bayon kilinmokdaki, imomlar buyurgan Kitob va Sunnatga amal kilishdan tuxtash uchun shubxa sifatida u (xadis)ni ushlash joiz emas.Manba «Sifati solat» AlboniyMuxtaram ustoz! Yukoridagi ikki xadisni kupgina axli ilmlarimiz, imomlarimiz uz ma’ruzlarida rivoyat kilishadi. Mazkur ikki xadis saxix sanad bilan xam rivoyat kilinganmi? 2-SAVOL: Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohumma ig‘fir lii, varhamnii va oofinii vahdinii varzuqnii», der edilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.Yana shunga uxshash xadisda «Robbigfirliy»ni 3 marta aytiladi, deyilgan. Ustoz mazkur xadisni sharx kilib bering. Jumxur ulamolar mazkur xadisdan kanday xukm chikarishgan. Bizning xanafiy mazxabida ikki sajda orasida bu duoni ukish sunnat kilinmagan. Bizlar bu xadisga kanday amal kilishimiz kerak? Farz va vojib namozlarda 2 sajda orasida bu duoni ukisa buladimi? Yoki fakat nafl namozlarda aytiladimi? 3-SAVOL:Az-Zuxriy shunday deydi: «Taxoratdan keyin sochik ishlatish makrux deb karalishining yagona sababi shuki, taxorat amal tarozusida tortilgaydir». (Sunani Termiziy 40-bob, «TAXORATDAN KEYIN SOChIK IShLATMOK» mavzusidagi xadislar sharxi)Bizda xam xozir ayrimlar taxoratdan keyin sochik ishlatishmaydi. Az-Zuxriyning gaplaridagi savobdan umid kilgan xolda sogligi, sharoiti kutarsa taxorat kilib bulib, sochikka artinmaslik mumkinmi?E’tibor va javoblaringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Men sahih sanad bilan rivoyat qilinganini bilmayman.2. - Mazhabga amal qiling. Bu hadisga amal qilmang degani emas. Chunki, namoz haqidagi hamma hadisga birdaniga amal qilish imkoni yo‘q. Misol uchun, mazhablarda namozda qo‘lni bog‘lab turish, ko‘krakka qo‘yib yoki yonboshga tushirib turish haqida gaplar kelgan. Ularning hammasiga birdan amal qilib bo‘lmaydi.3. Mumkin.

29 Aprel 2022, 06:29 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar