Musofirni juma namoziga borishi

Assalomu alaykum! Men xozir Rossiyada Sankt-Peterburg shaxridaman Musofirman Juma namoziga borolmayapman dadam Rossiya fuqorosi ruxsat bermayapdi musofir davlatda bo‘lganimiz uchun nimaga deb so‘rasam millittsiya ro‘yxatga oladi bu er sanga O‘zbekiston emas. Sen musofirsan jumaga bormay uyda peshinni ado etaver deb gapida turyapdi. Nima qilsam bo‘ladi? Qazo namozlarimni xufton namozida keyin ado etsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘n besh kecha kunduzdan uzoq turishni niyat qilgan odam musofir bo‘lmaydi. Jumaga borish Alloh vojib hisoblanadi. Uni shar’iy uzrsiz tark qilish mumkin emas. Otangiz bunga to‘sqinlik qilishlari mumkin emas. Ro‘yxatga olishi bu uzr bo‘la olmaydi. Otangizni gaplari to‘g‘ri bo‘lganda, buni hamma jumaga keladigan namozxonlar bilgan va sizning ham xabaringiz bo‘lar edi. Jumaga bormasangiz gunohkor bo‘lasiz. Otangizga aytmay, ruxsat so‘ramay borishingiz kerak.2) Ha, bo‘ladi. Qazo namozlaringizni namoz o‘qishdan qaytarilgan uch vaqtdan boshqa hamma vaqt o‘qisangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar