Qandolatchilik

Assalomu alaykum! Yoshim 22 da. Adajonim yaqinda uzoq kasallikdan vafot ettila. Ungacha oilada man va ukam ishlab ro‘zg‘or tebratardik. Adajonimdan keyin onam yolg‘iz qolmaslilari uchun man ishdan bo‘shadim. Ukamga yordam berish uchun bosh otirmasdan uyda qandolatchilik xunarimi boshladim. Bu ishim bilan oilamga Alloh qodir qilgancha yordamim teyvotti. Tort va shirinliklaga zakazla olib sotaman. Manga tug‘ilgan kun uchun, yangi yil uchun va (islom dinida yo‘q) boshqa barcha bayramlarda xam tort va shirinliklaga zakaz beriladi. Sovolim shuki shu bayramlar uchun tort va shirinlikla tayyorlab bersam shu topgan pulim man va oilam uchun xalolmi? (Lekin man xar bir pishirvotgan narsalarimi xalol masalliklar bilan va toza, pokiza mexnat bilan tayyorlayman)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Undan topgan pulni harom deyilmaydi, taqvo qilsa shubhali ishlardan saqlangani yaxshi. Vallohu a’lam!

13 Oktabr 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 270 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar