Tavba qilishda yig‘lash shartmi?

Assalomu alaykum! Tavba qilishda yig‘lash shartmi? Buni so‘raganimning sababi men qilgan gunoxlarimga tavba qilishga harakat qilayapmanu lekin hech ham yig‘lay olmayapman lekin gunoximni eslasam butun badanim qaqshab og‘rib o‘zimni qo‘yarga joy topa olmay qolaman gunox qilganim uchun qo‘rqib ketaman. Mening bu tuyg‘ularim ham tavba qilishga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta kiradi. Tavbaning haqiqiyligi gunohga qayta qo‘l urmaslik bilan bilinadi. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 13:59 | Savol-javoblar | 164 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar