Sigaret chekishga sharoit qilib berish

Assalomu alaykum! Men bir kafeda ofitsiant bo‘lib ishlayman u erda aroq va sigaret sotilmaydi ammo sigaretni o‘zi bilan olib kelganlarga o‘sha erda chekishga ruxsat berilgan. Ofitsiant bo‘lganim uchun chekib o‘tirgan mijoz menga kuldon(Pepelnitsa) olib kelishni aytadi men olib kelaman. Qaysidir ma’noda unga chekishi uchun yordam beryapman. Savolim shu joyda ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Ammo gunoh ishga yordam so‘rashsa qarashmang. Vallohu a’lam!

13 Oktabr 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 289 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar