Yil davomida saharlik vaqti

Assalomu alaykum! Ustozlar, ro‘za tutishda saharlik yilning barcha kunlarida quyoshdan 90minut oldinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Yurtimizning mutafakkir falakiyotshunos olimi Abu Rayhon Beruniy rahmatullohi alayh bizning diyorlarda quyosh erdan 18 daraja pastligida bamdod vaqti kirishini aytganlar. O‘shandan buyon diyorimiz ulamolari shunga amal qilib kelishgan. Siz quyoshni 18 darajada deb belgilagan taqvimlarga amal qiling. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar