Qimor bo‘lib qolmaydimi?

Assalomu alaykum! "Binanse"ilovasi haqida oldin ham savol berishgan ekan, unda ular savdo sotiq qilishar ekan. Hozir "Binanse" ilovasidan ro‘yhatdan o‘tganingiz uchun 9$ miqdorida pul to‘lab berishar ekan, ro‘yhatdan o‘tib pulni echib olgandan keyin ilovani o‘chirib tashlamoqchimiz. Bir tanishim qo‘yarga qo‘ymay ro‘yhatdan o‘taylik 50/50 qilamiz deyabdi, "-Bundan oldin ham ishlaganmiz hech narsa qilgani yo‘q" dedi. Bu ish ozgina ko‘nglimni g‘ash qilyabdi, ro‘yhatdan o‘tib berib bir so‘m ham olmayman deb ham o‘ylab ko‘rdim, lekin bu ishim qimor bo‘lib qolmaydimi? Yoki hafa bo‘lsa ham "Yo‘q" deyaveraymi? Yordaminglar juda ham kerak.Bu vaziyatda nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar