Rukudagi eng afzal duo

Assalomu alaykum! Namozdagi ruku’ paytida odatda "Subhana robbiyal a’ziym" duosini o‘qiymiz. Ammo buni noto‘g‘ri aytsa juda yomon so‘z chiqar ekan degan so‘zni eshitdim. Shuning uchun boshqa aytiladigan va savobi ko‘proq duo bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo bu duo emas, tasbeh. To‘g‘ri aytishni biror mutaxassis qoridan o‘rganib oling. Ungacha Subhaana Robbiyal Kariim deb turing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 220 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar