Chegirma haqida savol

Assalomu alaykum! O‘quv markazi sohasida faoliyat yuritamiz 1-savol. Har oyning oxirida, oy davomida yaxshi o‘qishi bilan ajralib turgan va test natijasiga ko‘ra har bir fandan eng yaxshi 3 ta o‘quvchiga oylik to‘lovidan chegirma qilib bermoqchimiz(1-o‘ringa 50%, 2-o‘ringa 30% va 3-o‘ringa 20% chegirma). Buning shariatda hukmi qanday? 2-savol. O‘quv markaz o‘qituvchilar bilan ish haqqini foizga kelishgan, misol uchun bitta o‘quvchining oylik to‘lovi 300 ming so‘m va shu pulning 50% i o‘qituvchiga beriladi. Chegirma joriy etilganidan keyin(agar halol bo‘lsa), bir o‘quvchiga 50% chegirma qilib berilsa, demak endi o‘quvchi 150 ming so‘m oylik to‘lov qiladi, endi shu 150 ming so‘m puldan o‘qituvchiga 50%ini beradimi yoki 300 ming so‘mni 50% beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz.2). Bu kelishuvga ko‘ra bo‘ladi. O‘qituvchining oyligini o‘quvchining real to‘laydigan summasining foiziga bog‘lab qo‘ygan bo‘lsangiz chegirma tufayli o‘qituvchi ham kam oylik olishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2022, 15:34 | Savol-javoblar | 298 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar