Men qarzdormanmi?

Assalomu alaykum! Menga bir hamkasbim bayram tadbirini telefoni orqali suratga olishida yordam beriahimni so‘radi va o‘zining sifatli kameraga ega telefonini berdi. Men esa boshqadan iltimos qiling desamda qo‘yarda qo‘ymay suratga olib turing deb turib oldi. Suratga olish vaqtida telefoni qo‘limdan tasodifan tushib ketib sindi. Endi, telefonni haqqini men to‘lab berishim kerakmi? Agar to‘lab bermasam qarzdor bo‘lib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zganing buyumini uning izni bilan qo‘lga olgan shaxs omonatdor, buyum esa omonat moli hisoblanadi. Omonat moli omonatdor shaxsning beparvoligi yoki haddan oshishi tufayli halok bo‘lsa omonatdor tarafidan to‘lab beriladi. U tarafdan beparvolik yoki haddan oshish sodir bo‘lmagan bo‘lsa to‘lab bermaydi. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 247 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar