Futbolda to‘plangan pul

Assalomu alaykum! Biz do‘stlarimiz bilan yig‘ilib futbol o‘ynab turamiz. Shaharda bo‘lib turib futbol o‘yiniga kelmasa (sababli yoki sababsizligidan qat’iy nazar), ma’lum miqdorda jarima to‘laydi (bunda jarima to‘lovchi rozi bo‘lib pul bermasligi ham mumkin) va yig‘ilgan jarimalarni to‘plab, choyxona tashkillashtiramiz yoki tog‘ga dam olgani chiqamiz (bunda hamma jarima to‘laganlar ishtirok etmay qolishi mumkin). Ba’zida futbol o‘yinidan ortgan summani ham mana shu byudjetga qo‘shib qo‘yamiz. Shu holatda to‘plangan pullarni sarflash harom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu tarzda jarima solish shariatga to‘g‘ri kelmaydi. Darhol to‘xtatinglar. Kim norozi bo‘lgan bo‘lsa pullarini qaytaringlar. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 11:20 | Savol-javoblar | 267 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar