Lizingga mashina olish

Assalomu alaykum! Men yangiroq mashina olmoqchiman menda 5000$ pulim bor. Ammo olmoqchi bo‘lgan mashinam 10000$. Yaqin tanishim mashina bilan savdo qiladi menga 10000$ mashina olib beraman deyapdi keyin qolgan pulni 5000$ dan tashqari bir yil davomida 150$ dan to‘lab berasan deyapdi. Mana shu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashinani avval o‘zi sotib olib, so‘ngra sizga qimmatroqqa nasiyaga sotishi joiz. Qarz berib so‘ng ko‘paytirib qaytarib olishi ribodir. Vallohu a’lam!

30 Oktabr 2022, 11:14 | Savol-javoblar | 254 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar