Ota-onaga munosabat
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar meni bir narsa qiynayapdi. Men Payg‘ambarimiz Muhammad sollAllohu alayhi vasallamning " Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin..." hadislariga tushib qolishdan qo‘rqyapman. Otamga meni fe’lim, topish tutishim va daladagi ishlarni qilishdagi muammolarim yoqmaydi. Kechasi namoz o‘qisam, qur’on o‘qisam bu otamga yoqmaydi. "seni nima majbur qilyapdi shu narsaga. erta yotib erta turib ishlarni qilmiysanmi deydi". Xattoki din bu insonlarni jamiyatda to‘g‘ri yo‘lga solish uchun o‘ylab topilgan narsa deganini ham eshitganman. Akamning qistovi bilan taxminan 1 oylarcha namoz o‘qidi. Lekin yana tashlab yubordi. Men o‘zim davlat ishida ishlayman kuni kelganda ertalabdan yarim tungacha ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu xam otamga yoqmaydi. Faqat maoshga qanoat qilmay Ishim orqali xaromdan mablag‘ orttirishga targ‘ib qiladi. Lekin men xarom luqma qilgani Allohdan qo‘rqaman va buni qilmayman. Meni fikrimcha otamga yoqish(rozi qilish)ning 2 sharti bor. 1-ko‘p, juda ko‘p pul ishlab topish. Xaloldanmi xaromdanmi farqi yo‘q. 2-sal ishdan bo‘sh bo‘lganda dalani ishidan bosh ko‘tarmaslik. Men yoshlikda mehnatga o‘rganmaganman. Meni yoshligimda uy ishlarini qilish uchun odam ishlatishgan. Meni esa shaxarga yuborib o‘qitishgan. Men o‘zimni majburlab dala ishlarini qilishga xarakat qilaman. Lekin baribir ko‘ngilidagidek bo‘lolmayman. Xattoki "sen falon odamning najasichalik emassan deydi" Meni aytganimni qilmasang ketib qolaman xam dedi. Ba’zan Ichimda otamga nisbatan isyon bo‘ladi lekin Gapirmayman. O‘zimni oqlashga xarakat xam qilmayman. Gapirishga Allohdan qo‘rqaman. Oq bo‘lib qolishdan qo‘rqaman. Robbimdan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishini so‘rab duo qilaman. Nima qilay qanday maslaxat berasizlar. Oq bo‘lishdan, Allohning kalomidagi ota onaga yaxshilik qilish qilish to‘g‘risidagi oyatlarga zid ish qilishdan va yuqoridagi "Xor bo‘lsin..." xadisiga tushib qolishlikdan jadayam qo‘rqyapman. 2 Ba’zan otam shunday ishlar qiladiki bu ishlarda na hayo na iymon belgilari ko‘rinmaydi. ichimda qarshilik isyoni bo‘ladi va Astag‘firulloh deb o‘zimni bundan qaytarishga xarakat qilaman. Ichimdagi bu isyon uchun xam gunoxkor bo‘lamanmi. 3. Biz yoshligimizda otam buvimni(o‘z onasi) xorlardi. Jismonanmas. So‘kinar, qilgan ishlari yoqmas, ovqat eyishlari yoqmas va shunga o‘xshash narsalar uchun onasiga so‘kinib yurganlarini ko‘rganman. Qaytar dunyo bo‘lib shu narsani o‘ziga men orqali qaytishidan xam qo‘rqyapman. In sha Alloh men bunday qilmayman. Xattoki ota ona kofir yoki mushrik bo‘lsa xam ularga yaxshilik qilish kerakligini bilaman va bunga imkon qadar xarakat qilaman. Lekin otamning nazdidagi yaxshilik yuqorida aytgaim ikki shartda mujassam. Nima qilay. Iltimos chiroyli maslaxat qiling ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz o‘g‘illik vazifangizni qilib, aytganlarini imkon qadar yaxshi qilishga harakat qilavering. Otangiz qilgan gunohlari uchun o‘zi javob beradi. Otangiz ko‘rsa jahli chiqadigan ibodatlaringizni ko‘rsatmasdan qiling. Otangizni shariatga zid talablarini qilishga majbur emassiz. Ularni qilmaganingiz uchun oq qilsa ham o‘tmaydi.2). Ichingizdagi isyon uchun gunohkor bo‘lmaysiz. Aslida bu mnkar ishni ko‘rgandagi qalb bilan inkor qilishning ko‘rinishi bo‘ladi.3). Namozlaringizda otangizni haqqiga duolar qiling. Shariatda aytilgan hukmlarga zid yaxshilik haqidagi tasavvurlariga bo‘ysunishingiz kerak emas. Kishi bandani rozi qilish uchun Robbiga isyon qilmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush