Topilayotgan pul xalolmi?

Assalomu alaykum! Onam va men uchun davlat tomonidan xarbiylar uchun ajratilgan imtiyozli kredit uylarda yashaymiz. Onam ishlaydidar men esa bu yil talaba bo‘ldim alxamdulillax. Savolim shuki shu uylarning podvali yaxshigina keng va ko‘p insonlar u erdan go‘zallik saloni, o‘quv markazlari , ozik ovkat dukonlarini ochishgan. Men xam do‘stim bilan kompyuter xizmatlari va bolalar uchun matematika tugaragi tashkil kilish uchun shu uylarning podvalini ijaraga olib ishlatsam bo‘ladimi? Tepada qurilgan uy emas boshqa binolarning joylarini egallab bo‘lishgan mos joy topa olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uy kredit mablag‘lari evaziga olinganligi uni ijaraga olib topiladigan pulni harom qilmaydi. Podvalning egasi yoki uning vakilining izni bilan yoki ijara bitimi tuzib ishlatishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

30 Oktabr 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 276 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar