Ayollarga imomlik qilish

Assalomu alaykum! Erkak kishi ayollarga imomlikka o‘tganda, ularga imomlik qilayotganini qanday niyat qiladi? Masalan ham erkak ham ayollarga, yoki faqat ayollarga imomlik qilganda. Xozirda bu masala uyda axli oila bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qishda bexato bajarishimiz uchundir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkaklarga imom bo‘lganda ularning iqtidosini qabul qildim deb niyat qilish shart emas. Ayollarni esa shart. Chunki ayol kishi erkakning yoniga kelib turib olsa imomning namozi buziladi. Agar iqtidosini qabul qilmadim deb niyat qilsa buzilmaydi. Oiladagi erkak va ayollarga imom bo‘layotgan kishi ayollarga ham imom bo‘layotgani qalbidan o‘tkazishining o‘zi kifoya qiladi. Ayollar to‘laligicha erkak va yosh bolalardan ham orqadagi safda turishlari shart. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 217 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar