Lazzatlanish

Assalomu alaykum! Manda Alloxni roziligini topish uchun kiynalib kilish kerak, lazzatlanmaslik kerak degan fikr bor. Uzimga notug‘ridek tuyulyapti shu fikrim. Farzlarni bajaraman, xaromdan tiyilaman, lekin Allox ruxsat bergan narsalarni lazzatlanib kilsam, uzimni Alloxni yonida aybdordek xis kilaman. Masalan deylik, karindoshalar bilan yig‘ildik, man yig‘ilganimiz uchun, ular bilan suxbat qilib lazzat olganim uchun, o‘zimni Alloxni yonida aybdor xis qilaman. Agar lazzat olayotgan bo‘lseng, demak Allox uchun qilmagansan degan fikr bor, uzimni yomon xis qilaman. Mubox narsalarni qilsam xam shunday xis bor. Agar ishlarni lazzatlanib qilsam, xatto namozdan lazzat olamanmi, yoki kasbimdan lazzat olamanmi, odamlar bilan bo‘lgan munosobatdan lazzat olamanmi, demak Allox roziligi uchun xech narsa qilmayotgandekman. Rostini aytsam, yashagim kelmayapti shu sabab. O‘lik tirikka o‘xshayman. Allox mani lazzatlanib qilayotganimni ko‘rib, mandan norozidek tuyuladi. Payg‘ambarlar va saxobalar ishlaridan lazzat olishmagan degan fikr bor. Xuddiki ular mani lazzat bilan qilayotgantmni ko‘rishsa manga g‘azab qilishgan bo‘lishardi degan fikr bor. Yordam bering iltimos. Agar lazzat olsam, qiynalib qilmasam, qanday qilib Alloxni roziligi uchun qilgan bo‘laman axir? O‘zim uchun bo‘lib qolmaydimi? Dunyoda lazzat uchun yashayotgan bo‘lib qolmaymanmi? Oxiratim xech narsa qilmayotganimdek tuyuladi. Qaerga qaramay, o‘yin kulgu qoralanadi. Dunyo lanatlangan deyilgan. Bilaman, Muxammad (s.a.v) oson ishni tanlaganlar degan xadis bor, lekin shunday bo‘lsa xam, man qiyinini tanlayman, chunki qiynalmasam Alloxni roziligi uchun emas, o‘zim uchun qilganimdek tuyuladi manga. 5 yildan beri shunday yashayman. Faqatgina o‘zimni lazzatdan chetlasamgina, qiynalsamgina Alloxni roziligini topgandek, oxiratim uchun biror narsa qilgandek xis qilaman. Bo‘lmasa shu dunyo uchun yashayotgandekman. Yashagim kelmaydigan darajada kelib qolganman. Yordam bering, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz xato fikrlar ekansiz. Toat-ibodatlardan lazzatlanish hissi bu Alloh taoloning eng buyuk atolaridan biridir. Kishi mazali taomni tanovul qilganida og‘zida lazzatli ta’mni his qilgani kabi ibodat vaqtida qalbida uns va lazzatni topsa shak-shubhasiz unga ulkan ne’mat berilibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga shu ma’noni ishora qilib “Turing, Ey Bilol, bizni namoz bilan rohatlantiring!” (Abu Dovud rivoyati) der edilar. Boshqa bir hadisi sharifda “Ko‘zimning quvonchini namozda qilindi” (Termiziy rivoyati) deganlar. Vallohu a’lam!

31 Oktabr 2022, 09:02 | Savol-javoblar | 455 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar