Vasvasa sabab kofir bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Man juda qiynalib kettim, taxorat olayotkanda vasvasa bo‘lib 15-20 minut taxorat olyabman. Taxorat paytida el chiqqande bo‘votti, e’tibor bermay desam taxoratsiz namoz o‘qib kofir bo‘lib qolmay degan xayol ichimni eb tashlamoqda. Taxoratsiz namoz o‘qigan odam kofir bo‘lishini bilganimdan keyin shu xolat paydo bo‘ldi. Yordamingiz kerak nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuzga yuz siz u kofir bo‘lish degan gapga tushmaysiz. Chunki u gapga tushuvchilar qasddan bezbetlik qilib betahorat namoz o‘qishadi. Siz kirib shunday yuz qo‘lni yuvingda bo‘ldi chiqib keting. Shu gapimizga amal qiling, bir daqiqa ham o‘tirmang. Chiqdimi yo chiqmadimi parvo qilmang. Allohga ham sanolar bo‘lsin bu kabi shaytonning makr hiylalarini uning vasvasasiga yo‘yib qo‘ydi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، إِنَّ أَحَدَنَا يَجِدُ فِي نَفْسِهِ - يُعَرِّضُ بِالشَّيْءِ - لَأَنْ يَكُونَ حُمَمَةً أَحَبُّ إِلَيْهِ مِنْ أَنْ يَتَكَلَّمَ بِهِ، فَقَالَ: اللَّهُ أَكْبَرُ! اللَّهُ أَكْبَرُ! الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي رَدَّ كَيْدَهُ إِلَى الْوَسْوَسَةِ. رواه أبو داود Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: Ey Allohning Rasuli bizdan bir odamning ko‘nglidan shuday fikrlar o‘tadiki, o‘sha ichidagi fikrini birovga aytgandan ko‘ra ko‘mirga aylanib qolishi u uchun yaxshidek tuyiladi, dedi. U zot: «Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar. Shaytonning makrini vasvasaga qaytargan zotga hamdu sanolar bo‘lsin», dedilar». Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 21:06 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar