Zulm bilan xomiylikka majburlashsa

Assalomu alaykum! Biz tadbirkorlik bilan shug‘ullanamiz. Tuman xokimi tomonidan bizga ko‘plab noqonuniy topshiriqlar beriladi, xomiyliklarga majburlanadi. Bularni bajaraylik desak ba’zida bizga bu topshiriqlar yuz million so‘mga tushadi. Bajarmasak bizga bosim bo‘ladi, bo‘sh kelsangiz sizni yo‘qotish payiga tushishadi. Qo‘l ostimizda ellikdan ortiq odam ishlaydi. Savolim quyidagicha: Shunday paytlarda tegishli joylarga murojaat qilsam gunohkor bo‘lmaymanmi? Ya’ni boshliqlaringizga itoat qiling va josuslik qilmang oyatlariga asosan gunohkor bo‘lmaymanmi? Demoqchimanki tegishli joylarga murojaat qilsak ularning bu topshiriqlarini isbotlash oson emas. Lekin ularning ochiq oydin qilayotgan noqonuniy boshqa ishlarini isbot dalillari bilan bilamiz. Maqsadim o‘zimizni ximoya qilish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday paytlarda bemalol tegishli joylarga ya’ni bu kabi ishlarga chora ko‘ruvchi organlarga murojaat qilaveringlar. Bu zulmni daf qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar