Musulmon bo‘lmagan odamga duo qilish
Assalomu alaykum! Ustozlar, Rossiyada ishlaymiz, boshlig‘imiz yoki yahudiy yoki xristian edi. Yaqinda baxtsiz xodisa tufayli olamdan o‘tdi, sheriklar dasturxonga duo qilishganda Alloh rahmat qilsin deb duo qilishyapti. Men ularga bunday deyish mumkin emasligini aytdim. Ular to‘g‘ri qilishyaptimi yoki?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تُصَلِّ عَلَى أَحَدٍ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًا وَلاَ تَقُمْ عَلَىَ قَبْرِهِ إِنَّهُمْ كَفَرُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَمَاتُواْ وَهُمْ فَاسِقُونَ 84. Va hech qachon ulardan o‘lgan birortasiga ham (janoza) namoz o‘qima, qabri ustida turma. Chunki ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida o‘ldilar. Tavba qilmasdan, fosiq – dindan chiqqan holida, munofiqlik holida, ya’ni Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirgan holatda o‘lganlarga nisbatan ana shunday munosabatda bo‘lish kerak. Chunki janoza namozini o‘qish, qabri ustida turish o‘lgan uchun katta hurmat va e’zozdir. Bu ulkan hurmat va e’zozni haqdor kishilarga qilish kerak. Munofiq va fosiqlar bunga loyiq emas. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 06:40 | Savol-javoblar | 161 | Duolar