Odam so‘zining ma’nosi

Assalomu alaykum! Bir domladan eshitgandim «Odam» so‘zi arab alifbosida insonning namozdagi ruku’ va sajda amallariga o‘xshashib ketar ekan. Shu haqida hadisda tushuncha bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odam lafzining arab alifbosidagi shakli “آدم” bo‘ladi. Domla aytgan gap zakovatga tegishli gap xolos. Odam lafzi arab tilida “qizil tuproqdan yaratilgan kishi” yoki “Quruq loydan yaratilgan kishi” ma’nosini bildiradi. Odam alayhissalom erning yuza qismidan yaratilganlari uchun ham Odam deyilgan. Chunki erning yuza qismini adim deb nomlanadi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 267 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar