Ehson qilish haqida

Assalomu alaykum! Ko‘p savol berayotganim uchun uzr so‘rayman. Qilayotgan yaxshiliklaringiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Har bir musulmon sadaqa bermog‘i lozim. Lekin hozirgi zamonda muhtoj odamlarni topish juda ham qiyin. Meni bitta opam bor. O‘sha opam haqiqatdan ham juda qiyin ahvolda hayot kechiradi. Eri topib keladigan arzimas puliga butun oilasini boqadi. Mehmon kutish u erda tursin hattoki o‘zlarini ovqatlari uchun oziq-ovqatni etkazish ular uchun mushkul. Savolim shundan iboratki, o‘sha opam o‘zini musulmonman deb yuradi, lekin dindan bilimi kamligi sababli ko‘p shariatga to‘g‘ri kelmaydigan va gunoh ishlar qiladi. Masalan yangi yil, tug‘ilgan kunlarni bayram deb hisoblaydi va boshqa shunga o‘xshash amallarni qiladi. Shu opamga Alloh rizoligi uchun yordam qilsam ajr olamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:43 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar