Lichkalar hilvatmi

Assalomu alaykum! Ayni vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlar ko‘p va bular orqali insonlar tili millati jinsidan qat’iy nazar hohlaganicha muloqot qila oladilar. Shu o‘rinda "lichka" atamasi mavjud. Bu har bir insonni bir inson bn yozishadigan, ovozli, rasmli, videoli, faylli va h.k istaganicha habar yuborib, qabul qiladigani yo‘li yoki honasi. Bunda habarlar 2kishi; siz va o‘sha 1suhbatdoshizdan boshqa hechkim ko‘rmaydi, bilmaydi. Savolim shu-ki, 2kishi hilvatda qilsa, 3-si shayton bo‘ladi hadisiga muvofiq Lichkalar hilvat hisoblanadimi? Va bunda ko‘p qolib ketilsa, harommi? Savolimni tushuntira olmagan bo‘lsam, noto‘g‘ri bo‘lsa uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahram bilan zarurat yuzasidan shaxsiy xat orqali yozishma olib borish mumkin. Bu xilvat hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

30 Avgust 2023, 10:13 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar