Uch taloq xaqida
Assalomu alaykum! Men ayolimni judayam qattiq yaxshi ko‘raman o‘rtamiz qiz farzandimiz bor 1 yoshidan keyin 6 yoshigacha ko‘rmadim. Ayolim bilan birga yashamadik, men chet elda edim. Bundan 2 yil avval ayolim men bilan umuman gaplashmay eshitmay tinglamay qo‘ydi. Uyimdanam bor narsalarini yig‘ishtirib ketib qoldi, men bu xolatda rosa echim izladim. Ishlarimam oilamda tinchlik yo‘qligidan chappasiga ketdi, 2 yil oldin men bu ayriliqqa chidolmasdan o‘zim xoxlamagan xolda jaxl g‘azab bilan 3 taloqsan deb yubordim. Birga qayta yashamoqchimiz, rosayam kiynalib ketdik, iltimos yo‘l topib beringlar, yolvoraman, ming pushaymonman. Tavba qilib 5 maxal nomozimni o‘qiyabman. Yolvorib so‘rayman o‘rtada qiz farzandimiz bor. Qolaversa ayolimni judayam qattiq sevaman, yo‘l topib bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq aytilgandan keyin ahli sunna val jamoa mazhablarining hech birida nikohlanishga yo‘l yo‘q. Buning birgina yo‘li “Kifoya” kitobida quyidagicha yozilgan:Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:43 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar