Kriptovalyuta vebsayti dizaynini chizish joizmi?

Assalomu alaykum! Men veb dizaynerman, ya’ni vebsaytlarni ko‘rinishini dizaynini chizaman. Bizga bitta vebsaytni dizaynini chizish uchun zakaz tushdi. U vebsaytning vazifasi kriptovalyutalarni oldi sotdisini amalga oshiradi. Masalan kimdur vebsaytga kirib kriptovalyutani sotib olishi yoki sotishi mumkin. Savolim, biz shu vebsayt uchun dizayn chizib berishimiz, va bundan haq olishimiz joizmi yoki joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kriptovalyutanig hukmi qanday bo‘lsa, sizni bu ishingiz ham shu hukmda. Vallohu a’lam!

30 Avgust 2023, 10:03 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar