Taxoratda jarohatga masx

Assalomu alaykum! Taxorat vaxtida misol barmoqdan qon chiksa unga leykoplaster qilib ustidan suv masx qilamiz, shu leykoplaster qilgandan keyin qon to‘xtasa keyingi namozda yana taxorat qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jabiraga (ya’ni, yara ustidan bog‘langan lattaga) mash tortishldik joizdir, garchi betahorat holda bog‘langan bo‘lsa ham. Chunki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlar ham shunday qilib, hazrati Ali roziyallohu anhuga ham shunday qilishni buyurganlar. Jabiraga mash tortishda uning ko‘piga mash tortish kifoya qiladi. Jabiraga mash tortishlikka tahoratda ham, g‘uslda ham ruxsat beriladi. Uning mashining muddati yo‘q. Agar jabira ostidagi yara bitmay tushib ketsa, mash buzilmaydi. Agar yara bitgan bo‘lsa, mash buzilib, yuvish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 14:57 | Savol-javoblar | 0 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar