Bilmay turib xaromga pul sarflash

Assalomu alaykum! Men bir do‘stimdan 100$ qarz edim. U musofirdaligi uchun shu pulni qarzim xisobidan bitta tanishiga olib borib berishini tayinladi, men uning xisobidan uni oborib berdim. O‘zaro xisob-kitoblari bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Keyin bilsam u pulni usha tanishi orqali "Metago" degan xarom o‘yinga tikib yuborgan ekan. Endi men xam xaromga sherik bo‘lib qolmadimmikin, nima qilishimni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatni bilmagan bo‘lsangiz sizga gunohi yo‘q. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 20:57 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar