Kurbon Xayiti kuni ruza

Assalamu alaykum!Ba’zi joylarda shunday xolatga guvox buldimki, Kurbon Xayiti kuni Kurbonlikga atalgan jonivor gushti tayerlanib, dasturxonga tortilgunga kadar ruza tutishni niyat kilish. Shu xolatga, bordiki makbul bulsa, dalil bormi? Allox sizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni bir necha xurmo emasdan turib chiqmas edilar. Toq er edilar».Buxoriy va Termiziy rivoyat qilgan.Boshqa bir rivoyatda: «Fitr kuni taom emasdan oldin chiqmas edilar. al-Azho kuni namozni o‘qib bo‘lmagununcha emas edilar», deyilgan.Qurbon iydida hech narsa emasdan namozga chiqiladi. O‘sha kuni birinchi taom uchun har kim o‘zi qiladigan qurbonlikning go‘shtidan eyilsa yaxshi bo‘ladi.Buni ro‘za tutish deyilmaydi.

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 145 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar