Mikromoliya tashkiloti uchun dastur yaratib berish

Assalomu alaykum! Kasbim dasturchi. Masofadan turib turli korxonalar uchun dastur yaratish bilan shug‘ulanaman. Mikro moliya tashkiloti (xususiy bank) o‘z mijozlari bilan shartnomalari va to‘lovlari bo‘yicha ichki tizim yaratish bo‘yicha buyurtma berdi. Vazifam barcha jarayonlarni avtomatlashtirib berish. Mijozning ma’lumotlari saqlash, mijoz shartnomalari va kechikan qarzlarini hisoblab boradigan dastur ishlab chiqish. Bunda riboli munosabatlar ham bo‘ladi va dasturda bu jarayonlarni ham hisobga olgan holda dasturlash kerak. Ularga dasturni yaratib berishimni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribaviy amaliyotlar uchun dastur tuzib berish joiz emas. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 12:56 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar