Uyqudagi namoz

Assalomu alaykum! Telegramdagi kanallardan uyqudagi namoz xaqida ma’lumot keldi. Unda aytilishicha, bir inson yotishidan oldin, taxorat olib, Ixlos, Fotiha, Falaq surasini o‘qib, kaftlarga dam solgandek qilib, boshdan oyog‘igacha kaftni surkab chiqsa, uxlaganda osmondan bitta farishta tushib, tonggacha namoz o‘qirkan. Savobi esa o‘sha odamga yozilarkan. Saxix xadisligi xaqida ma’lumot yo‘q, lekin bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Sahihul Buxoriy"da quyidagicha keladi: عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا أَتَيْتَ مَضْجَعَكَ فَتَوَضَّأْ وُضُوءَكَ لِلصَّلَاةِ، ثُمَّ اضْطَجِعْ عَلَى شِقِّكَ الْأَيْمَنِ، ثُمَّ قُلِ اللَّهُمَّ أَسْلَمْتُ وَجْهِي إِلَيْكَ، وَفَوَّضْتُ أَمْرِي إِلَيْكَ، وَأَلْجَأْتُ ظَهْرِي إِلَيْكَ، رَغْبَةً وَرَهْبَةً إِلَيْكَ، لَا مَلْجَأَ وَلَا مَنْجَا مِنْكَ إِلَّا إِلَيْكَ، اللَّهُمَّ آمَنْتُ بِكِتَابِكَ الَّذِي أَنْزَلْتَ، وَبِنَبِيِّكَ الَّذِي أَرْسَلْتَ. فَإِنْ مُتَّ مِنْ لَيْلَتِكَ فَأَنْتَ عَلَى الْفِطْرَةِ، وَاجْعَلْهُنَّ آخِرَ مَا تَتَكَلَّمُ بِهِ». قَالَ: فَرَدَّدْتُهَا عَلَى النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَمَّا بَلَغْتُ «اللَّهُمَّ آمَنْتُ بِكِتَابِكَ الَّذِي أَنْزَلْتَ» قُلْتُ: وَرَسُولِكَ. قَالَ: «لَا، وَنَبِيِّكَ الَّذِي أَرْسَلْتَ Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon yotog‘ingga kelsang, namozga qiladigan tahoratingni qil. So‘ngra o‘ng yoning bilan yot. Keyin: «Allohumma, aslamtu vajhi ilayka, va favvaztu amri ilayka, va alja’tu zohri ilayka, rog‘batan va rohbatan ilayka, laa malja’a va laa manja minka illa ilayka! Allohumma, amantu bikitabikallazii anzalta, va binabiyyikallazii arsalta!» degin. Agar mana shu kechangda vafot etadigan bo‘lsang, fitratda* ketasan. Bularni oxirgi so‘zing qilgin», dedilar. Men ularni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qaytarib o‘qib berdim. «Allohim! Nozil qilgan Kitobingga...» degan joyiga kelganda, «Rasulingga», dedim. U zot: «Yo‘q, «…va yuborgan Nabiyingga», dedilar».

Izoh: Duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim, Sendan umid qilgan va qo‘rqqan holda vujudimni Senga taslim qildim, ishimni Senga topshirdim, Senga suyandim. Sendan qochishga va najot topishga huzuringdan boshqa joy yo‘q. Allohim, nozil qilgan Kitobingga va yuborgan Nabiyingga iymon keltirdim».
* Fitrat – sof insoniy tabiat, ya’ni islomiy tabiat. ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy").عن ابن عمر قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم:  من بات طاهرا بات في شعاره ملك لا يستيقظ ساعة من الليل إلا قال الملك : اللهم اغفر لعبدك فلانا فإنه بات طاهرا  رواه ابن حبان Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim kechani tahorat bilan o‘tkazsa u bilan birga ichki kiyimida bir farishta kechani o‘tkazadi. Kechasi qaysi vaqt uyg‘onsa farishta “Allohim falonchi bandangni mag‘firat qilgin, chunki u kechani tahoratli holda o‘tkazdi” deb aytadi” deganlar.
Ibn Hibbon rivoyati. Bu amal qilinadigan hadislardan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar